Sharqiy Halabda qolgan jangarilarning olib chiqib ketilishi sharti ma'lum qilindi
Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar va isyonchilar Halabning sharqiy qismida qolgan jangarilarni olib chiqib ketish bo‘yicha kelishuvga keldilar. Bu haqda 18 dekabrda Suriya davlat telestansiyasi Al-Ihbaria ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Shaharning sharqiy qismidan evakuatsiya jangarilar tomonidan Idlib viloyatida egallab olingan Al-Fua va Kafraya aholi punktlaridan odamlarni olib chiqib ketish evaziga qayta boshlanadi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, Al-Fua va Kafrayani 1,2 ming kishi tark etgandan keyin, Halabdan shuncha odam olib chiqiladi. "Jangarilarning biror guruhi va ularning oilalari Al-Fua va Kafraya aholisi kelmaguncha biror harakatni boshlamaydi", deb aytilgan xabarda.
Ayni vaqtda jangarilar nazoratida bo‘lgan bu aholi punktlarida 20 mingga yaqin odam bor.
16 dekabrda "Jibhat Fath ash-Shom" (avvalgi nomi "Jibhat an-Nusra") terrorchilik guruhi jangarilari Al-Fua va Kafrayadan yaradorlarning olib chiqib ketilishiga rozi bo‘lgandi.
Shu kuni avvalroq suriyalik ayirmachilar sharqiy Halabning barcha hududlari ozod qilinganini ma'lum qilishgan. Bu axborot Rossiyaning qarama-qarshi tomonlarni yarashtirish markazida ham tasdiqlangan. Shuningdek, Halabning sharqiy tumanlaridan jangarilar va ularning oilalarining olib chiqib ketilishi operatsiyasi yakunlangani ma'lum qilingan. Umumiy hisobda jangarilar nazorat qilgan dahalardan 9,5 ming kishi, jumladan 4,5 ming jangari olib chiqib ketilgan.
Mavzuga oid
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
20:24 / 05.12.2024
Suriyadagi urush: yana bir yirik shahar isyonchilar qo‘liga o‘tdi
19:09 / 02.12.2024
Suriya: Halabda hukumat qo‘shinlari qolmadi, isyonchilar yurishi Rossiya aviazarbalari ostida davom etmoqda
18:37 / 01.12.2024