Suriyaning ötiş davri hukumati armiyasi Halab şahri şarqidagi hududlarga kirdi, sönggi yillarda bu hududni nazorat qilib kelgan kurd harbiy tuzilmalari esa şarq tomon çekingan.
Hukumat qöşinlarini Halabdan taxminan 50 km masofada joylaşgan Dayr-Xafir şahri çekkalarida körişgan. Tarmoqlarda uşbu hududda harakatlangan tanklar aks etgan kadrlar ham paydo böldi.
Juma kuni kurdlarning Suriya demokratik kuçlari Frot daryosi şarqiy sohiliga çekinişini e’lon qildi. Bundan oldin AQŞ vakillari bilan muzokaralar ötkazilgan va ötiş davri prezidenti Ahmad aş-Şar’a kurd tiliga Suriyada davlat tili maqomini berişni va’da qilgandi. Sönggi haftalarda kurd kuçlari va hukumat qöşinlari örtasida bölib ötgan töqnaşuvlardan söng vaziyatga AQŞ aralaşdi.
Suriya armiyasi SANA davlat axborot agentligi orqali bergan bayonotida Frot daryosining ğarbiy qismidagi hudud ustidan nazoratni mustahkamlaş operatsiyasi doirasida Dayr-Xafir ustidan «töliq harbiy nazorat» örnatganini ma’lum qildi. Fuqarolardan hudud minalardan va jangovar harakatlarning boşqa oqibatlaridan töliq tozalanmagunça uşbu hududga bormaslik söralgan.
Bu hududda yaşovçilar evakuatsiya qilinadi. Suriya rasmiylariga köra, kamida 4 ming kişi hududni tark etgan.
AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kurdlar yetakçisi Mazlum Abdi Suriya demokratik kuçlarini «Frot şarqidagi qayta joylaştiriş hududlari»ga olib çiqişga rozi böldi va buni «döstona mamlakatlar va vositaçilarning çaqiriqlari»ga javoban amalga oşirganini ta’kidladi.
Juma kuni, qöşinlarni olib çiqiş boşlanişi arafasida prezident aş-Şar’a kurd tiliga davlat tili maqomini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi, şuningdek, kurdlarning yangi yili (Navröz)ni davlat bayrami deb e’lon qildi.
Uşbu farmon 1946 yilda mamlakat mustaqillikka erişganidan beri Suriyadagi kurd xalqining huquqlari ilk bor rasman tan olinişi böldi. Hujjatda «avvalgi tuzumlar davrida önlab yillar davomida ezilgani» kurdlar Suriyaning «eng muhim va ajralmas qismi» hisoblanişi aytilgan.
Suriya şimoli va şimoli-şarqini nazorat qiluvçi kurd muxtoriyati va markaziy hokimiyat örtasidagi kelişmovçiliklar saqlanib qolmoqda. Aş-Şar’a farmoniga javoban kurd rahbariyati bu faqat «birinçi qadam» ekani va «vaqtinçalik farmon» «xalq irodasini ifodalovçi doimiy konstitutsiya»da mustahkamlanişi kerakligini ta’kidladi.
Suriya şimoli-şarqidagi hududlar neftga boy hisoblanadi. Kurd kuçlari fuqarolik uruşi va IŞIDga qarşi harbiy harakatlar davrida uşbu hududlar ustidan nazorat örnatgan.


















