Jahon | 00:48 / 21.12.2016
25937
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov va Chavusho‘g‘lu Rossiya elchisi jasadini olib kelayotgan samolyotni kutib olishdi

Foto: TASS

Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Mavlud Chavusho‘g‘lu Moskvadagi Vnukovo aeroportida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning jasadini olib kelayotgan samolyotni kutib olishdi. 

Terrorchi tomonidan 19 dekabrda otib o‘ldirilgan diplomatning jasadi yuklangan Tu-154 samolyoti aeroportga Moskva vaqti bilan soat 20.30 larda yetib keldi. Aeroportning hukumat terminali binosida Rossiya bayroqlari tushirib qo‘yildi. Vazirlar samolyot bortiga ko‘tarilib, samolyotda kelgan elchining bevasi va onasi Marina va Mariya Karlovalarga trapdan qizil gilamchagacha tushishga yordam berishdi. Bu yerga askarlar Rossiya bayrog‘i ranglaridagi mato bilan qoplangan tobutni olib chiqishdi.

Vazirlar elchining bevasi bilan motam marshi sadolari ostida ikki qator bo‘lib turgan askarlar orasidan tobut ortidan yurib o‘tishdi.

Terminal oldida tobut minbarga qo‘yildi. Bu yerda ayollar o‘z qadrdon odamlari bilan yana bir marta vidolashishdi. So‘ngra tobut katafalkka ortilib, Moskvaga olib ketildi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid