Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Karlovning o‘limida AQShda yashayotgan muxolifatchini aybladi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali muloqotda turk muxolif imomi Fathulla Gulenni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning qotilligida aybdor deb atadi. Bu haqdagi Anqaradagi diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bizning hozir Moskvada bo‘lgan vazirimiz Kerri bilan telefon suhbati o‘tkazdi. Chavusho‘g‘lu unga aytgandek, Rossiya va Turkiya bu hujum ortida FETO turganini biladi. U shuningdek Kerrini Suriya bo‘yicha Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi uchrashuvi natijalaridan xabardor qildi", deb aytdi manba.
Karlov 19 dekabrda Anqarada fotoko‘rgazma ochilishi vaqtida o‘ldirildi.
Mavzuga oid
21:12 / 23.05.2025
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
18:46 / 15.08.2023
Turkiyada Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ushlandi
21:25 / 09.03.2021
Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishiga aloqador kishilarga sud hukmi chiqarildi
14:37 / 12.02.2019