Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishida gumon qilingan shaxs ushlandi
U 7 yildan beri huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurgan.
Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri Oysha So‘g‘ut Turkiyada qo‘lga olindi. U elchini otib tashlagan Mevlut Mert Oltintoshning «kuratori» Shahin So‘g‘utning rafiqasi hisoblanadi.
Ayol Turkiyaning Terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi tomonidan Istanbulning Beylikduzu tumanida qo‘lga olingan.
Avvalroq, Oysha So‘g‘ut qidiruvga berilgan va sirtdan 9 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning hayotiga suiqasd 2016 yilning 19 dekabr kuni fotoko‘rgazmaning ochilish tadbirida sodir bo‘ldi. FeTO terrorchi tashkiloti a’zosi, sobiq politsiya xodimi Mevlut Mert Oltintosh elchi nutq so‘zlayotgan vaqtda orqasidan bir necha marta o‘q uzdi. Shundan so‘ng, u taslim bo‘lishni istamadi va maxsus kuchlar askarlariga qarshi otishmada yo‘q qilindi.
Tergovda aniqlanishicha, Rossiya elchisi ishtirokidagi tadbirlar jadvali haqidagi ma’lumotlarni Oltintoshga Turkiya Axborot texnologiyalari va aloqalari boshqarmasining sobiq xodimi Shahin So‘g‘ut bergan.
2021 yil 9 martda sud Shahin So‘g‘utni «Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinish» va «Terrorchilik maqsadida qasddan odam o‘ldirish» moddalari bo‘yicha ikkita umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Oysha So‘g‘ut «Fathulloh Gulen terrorchi tashkilotiga aloqadorligi uchun» 9 yillik qamoq jazosiga sirtdan hukm qilindi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026