Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki Turkiya va Ozarboyjonga deyarli 1 milliard dollar beradi
Jahon banki Turkiya va Ozarboyjonga 800 million dollarlik kredit taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu Trans-Anatoliya gaz quvurini barpo etishga yo‘naltiriladi, deb xabar berdi RNS Jahon banki bayonotiga asosan.
«Jahon banki direktorlar kengashi Trans-Anatoliya gaz quvurini qurish uchun Turkiyaga 400 million va Ozarboyjonga 400 million dollar miqdorida kredit berishni ma'qulladi», - deb xabar bergan bank.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu loyiha Ozarboyjondagi gaz konlaridan olingan tabiiy gazni Turkiyaga, shuningdek, Ozarboyjon eksport bozorini diversifikatsiya qilish uchun uning hududi orqali – Yevropaga yetkazib berishni nazarda tutadi.
Avvalroq, Yevrokomissiya Ozarboyjonda gaz quvuri qurilishini ma'qullagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
21:43 / 25.05.2026