3 nafar voyaga yetmagan bola Turkiyadan Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 9, 10 va 12 yoşli bolalarga ularning buvisi tomonidan muntazam ravişda jismoniy, ruhiy hamda ma’naviy tazyiq ötkazib kelingan. Şuningdek, ular Özbekistondagi majburiy ta’lim jarayonidan ajratilib, Turkiyaga olib borilgan. Biroq u yerda biror ta’lim muassasasiga joylaştirilmagan.
Örganişlar davomida bolalarning ota-onasi rasman ajraşgani, onasi Rossiyada yaşaşi aniqlangan.
Holat yuzasidan bolalar Boş konsulxonaga olib kelinib, ular bilan psixolog iştirokida suhbat ötkazilgan. Şuningdek, Özbekistonning tegişli mutasaddi idoralari örtasida işçi guruh taşkil etilib, voyaga yetmaganlarga vaqtinça vasiy tayinlaş, ularni vatanga qaytariş hamda ta’lim jarayoniga qayta jalb etiş böyiça zarur çoralar körilgan.
25 may kuni bolalar mas’ul xodim kuzatuvi ostida Özbekistonga qaytarilgan.
Qayd etilişiça, hozirda bolalarni tegişli mutasaddi taşkilotlar tomonidan kutib oliş hamda ularning ijtimoiy himoyasi, ta’lim olişi va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş böyiça zarur işlar olib borilmoqda.
Avvalroq murakkab vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik ayol va uning uç farzandi Rossiyadan olib kelingandi.








