Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaddafiyning o‘g‘li Liviya samolyotining olib qochilishiga aloqasi yo‘qligini aytdi
Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Qazzofiyning o‘g‘li, hozirda qamoqda bo‘lgan Sayfulislom Kazzofiy Liviya samolyotini olib qochganlar bilan aloqasi borligini rad etgan. U bu haqda Africagate News axborot portaliga ma'lum qilgan.
Avvalroq A320 samolyotini olib qochib, uni Maltaga yo‘naltirgan, Liviyaning ikki fuqarosi 2011 yilda o‘ldirilgan Muammar Kaddafiyning tarafdorlari bo‘lganlari haqida ma'lumot berilgan. Ular qo‘ygan talablar orasida Kaddafiy o‘g‘lininng ozod qilinishi ham bo‘lgan.
Zintan shahrida qurollangan tuzilmalar tomonidan ushlab turilgan Sayfulislom "samolyotning olib qochilishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini va barcha terrorchilik operatsiyalarini qoralashini aytgan".
Ayni vaqtda samolyotni olib qochgan ikki shaxs Malta hukumatiga taslim bo‘lgan.
"Skay-nyus Arabiya" telekanali tomonidan voqea joyidan jonli efirda olib borilgan translyatsiya vaqtida qandaydir onda samolyot trapida bir odam Liviyaning Kazzofiy vaqtidagi davlat bayrog‘i bilan paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:46 / 24.12.2016
Liviya samolyotini olib qochganlar granata mulyajidan foydalanganlar
20:07 / 23.12.2016
Liviya samolyotini olib qochgan shaxslar taslim bo‘ldi: Ular Maltadan boshpana so‘radi
18:46 / 23.12.2016
Liviyaning olib qochilgan samolyotidan 65 kishi ozod etildi
17:30 / 23.12.2016