Jamiyat | 08:11 / 26.12.2016
28163
6 daqiqa o‘qiladi

2016 yili Koinotda ro‘y bergan o‘zgarishlar

Foto: hi-news.ru

Yana bir necha kundan so‘ng 2016 yil ham tarix zarvaraqlariga yoziladi. Va ushbu qisqa davr mobaynida, hayot o‘sha-o‘sha, Quyosh tizimi, galaktikamiz va umuman, butun Borliq-Koinot o‘zgarmagandek. Insoniyat Quyosh atrofida yana bir marta to‘liq aylanib chiqdi va 4,5 mlrd martaga yana bir yil qo‘shildi. Shu bilan birga, biz Koinotda har yili bo‘ladigan yirik hodisalar, xususan:

 

kometalar uchishi;
meteoritlar yomg‘iri go‘zalligi;
yaqin yulduz jilosi;
o‘ta yangi yulduzlarni kuzata oldik. Ammo, bularning barchasi eng ko‘zga tashlangan o‘zgarishlardir. 

Ma'lumki, bizning nazdimizda, bir yil uzoq davrdek tuyuladi. Inson hayoti nuqtainazardan 365 kun davomida juda ko‘p narsa yuz berishi mumkin. Biroq,13,8 mlrd yosh deb hisoblanadigan Koinot bilan qiyoslaganda bir yil bu bir lahzadek gap. Haqiqatdan ham, agar inson hayotini Koinot yoshiga taqqoslaganimizda, bu insonning 0,2 soniyalik umrini anglatgan bo‘lar edi. 

Shunday qilib, o‘tib borayotgan yilda Yerning aylanishi sekinlashdi. Garchi bu insoniyatga sezilmagan bo‘lsa-da, shunday. Yer o‘tgan yilgiga qaraganda 4 nanosoniya sekinroq Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu yana 4 mlrd yildan so‘ng, kabisa yillardan voz kechishga olib keladi. 

Bu yilgi Oy ham o‘tgan yilgiga qaraganda bizdan nisbatan uzoqroqda joylashgan. Bunga sabab burchak lahzasini Saqlash qonunidir. Yer — Oy tizimi: ular o‘z o‘qlari atrofida aylanadi, shu bilan birga Oy Yer atrofida ham aylanadi. Yer aylanishi sekinlashar ekan, nima bilandir bu yo‘qotishni, ya'ni ikki aylanishlaridagi nomutanosiblikni tenglashtirish lozim bo‘ladi. Oy tizimni saqlab qolish uchun Yerdan uzoqlashadi. Bir yillik davrda buni lazerli masofa o‘lchagich bilan ham sezmaslik mumkin, ammo, oradan 650 mln yillar o‘tgach, to‘liq quyosh tutilishi degan narsa boshqa ro‘y bermaydi. Chunki, Oy Quyoshni butunlay to‘sib qo‘yish darajasida Yerga yaqin bo‘lmaydi. 

Yer sathiga nurini beminnat sochuvchi Quyosh ham bir yil avvalgiga qaraganda issiqroq jismga aylandi. Ammo, bu o‘rtacha ma'noda. Chunki, Quyosh o‘zgarishi umumiy iqlim isishidan kattaroqdir. Shunga qaramay, Quyosh yorqinligi bir yilda 0,0000000005 foizga o‘zgarishi sabab, buning bevosita sezilishi uchun katta muddat talab qilinadi. Quyosh materiyani energiyaga aylantirar ekan, Eynshteynning E = mc2 formulasida binoan yiliga taxminan 1017 kg vazn yo‘qotadi. Quyosh ko‘proq yoqilg‘ini yoqar ekan, yanada isiydi, shu sababli ko‘proq yoqilg‘ini yoqadi. Bu esa, energiyaning umumiy ko‘rsatkichi oshishiga olib keladi. Shunday qilib, yana 2 mlrd yildan keyin Quyosh Yerning butun okeanlarini bug‘latib yuboradigan darajada qizib ketadi va sayyoradagi bizga ma'lum hayot yo‘q bo‘ladi. 

Yuqoridagilar bizning Quyosh tizimidagi o‘zgarishlarga daxldor bo‘lsa, umuman, Galaktika va uning ortida ham o‘zgarishlar kuzatildi, ro‘y berdi. 

Galaktikamizda Quyoshdan biroz kichikroq bo‘lgan yangi yulduz paydo bo‘ldi. Umuman, Somon yo‘li galaktikamizda doimiy ravishda yangi yulduzlar paydo bo‘lib turadi. 

Koinot kengliklarida baholansa…

Bu yil Koinot o‘tgan yilgiga qaraganda sovuqroq bo‘ldi. Katta portlashdan keyin asta-sekinlik bilan sovuyotgan Koinot darajasi atigi 2,725 K ni tashkil etadi. Bu 13,8 milliard yildan so‘ng hosil bo‘lgan haroratdir. Shu bilan birga, Koinotdagi umumiy haroratning pasayishi va kengayishi mutlaq nolga tushguncha davom etadi. Bir-ikki yilda bu sezilmaydi albatta, ammo, Koinot yoshi bir o‘n martalab o‘zgarganidan so‘ng, qachonlardir fazoviy mikroto‘lqinli fon bo‘lgani unutiladi. 

Bir yil mobaynida yana 20 ming yulduz bizni butunlay tark etdi, aniqroq aytadigan, bo‘lsak uzoqlashdi, yo‘qoldi. Qora quvvat tobora kuchayib, Koinot tobora kengaymoqda.  Shu bilan uzoq galaktikalarning bizdan yanada katta masofada uzoqlashishini ta'minlamoqda. Bizdan atigi 15 milliard yorug‘lik yilida joylashgan galaktikalar sayyoramiz taratadigan yorug‘likdan tezroq uzoqlashadi. Bugungi kungacha, Koinotda ko‘zimizga ko‘rinishi mumkin bo‘lgan yulduzlarning 97 foizi biz uchun butunlay yo‘qolgan. Ammo, qolgan 3 foizi ham shunchaki yonimizda saqlanib qolgani yo‘q. Balki, ular ham katta tezlikda bizdan “qochib” ketayapti. Har yili, yorug‘lik tezligida yetish mumkin bo‘lgan 20 ming yangi yulduz ko‘zimizdan yo‘qoladi.

Koinot hayoti uzoq, yil esa, qisqa bo‘lishi mumkin. Ammo, shunga qaramay, o‘sha bir yillik qisqa muddatda ham ko‘p narsalar o‘zgarishga yuz tutadi, qancha-qancha voqea-hodisalar ro‘y beradi. Shunday ekan, har bir lahzamiz, onimiz, kunimiz, oy-u yilimiz, umrimiz qadriga yetaylik!

 

Mavzuga oid