Jahon | 20:23 / 26.12.2016
12247
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi masjid binosiga o‘t qo‘yildi

Illyustrativ surat

Kanadaning Kvebek provinsiyasi, Set-Il shahridagi masjidga noma'lum kimsalar tomonidan o‘t qo‘yildi. Bu haqida Anadolu nashri xabar berdi. 

Ikki oy ilgari ushbu masjid binosiga hujum uyushtirilgan edi. 

Manbaga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi, biroq masjidga jiddiy ziyon yetgan. Masjid kapital ta'mirga muhtoj. 

Politsiya mazkur jinoyat yuzasidan tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi. 

Bundan avval Kanadaning Kalgari shahrida joylashgan ikki masjidga hujum uyushtirilgandi. 

Bundan tashqari, Kalgari universitetida islom dini va Muhammad (s.a.v)ni haqoratlovchi so‘zlar yozilgan plakatlar osilgan holat ham qayd etilgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid