Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Pokistonga qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib beradi
“Uzsanoatexport” AJ (O‘zbekiston) va KASB Group (Pokiston) o‘zbek-pokiston savdo uyini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Hujjat O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov rahbarligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida imzolangan, deb yozmoqda UzDaily.uz sayti.
“Uzsanoatexport” boshqaruvi raisi Erkinjon Yunusov va KASB Group raisi Shahid Hakan Abbosiy hujjatga imzo qo‘yishgan.
Mazkur bitim doirasida O‘zbekiston Pokistonga ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalarini yetkazib beradi.
KASB Group kompaniyasi, hozirda, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalarini Pokiston dalalariga keng joriy qilishni yo‘lga qo‘ygan.
Pokiston kompaniyasi, shuningdek, paxta va bug‘doy yetishtirish uchun zarur bo‘lgan texnikalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. KASB Group O‘zbekiston texnikalarini lizing orqali sotishni yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026