Jamiyat | 09:00 / 27.12.2016
6424
1 daqiqa o‘qiladi

Korean Air bebosh yo‘lovchilarni tinchlantirishda maxsus usuldan foydalanadi

Foto: ria.ru

Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi bebosh yo‘lovchilarni tinchlantirishda elektroshokerlardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu samolyot bortida turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Renxap agentligi.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilmadan foydalanish haqidagi qaror dushanba kuni Seuldagi Korean Air ta'lim markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida e'lon qilingan.

Aviakompaniyaning ta'kidlashicha, elektroshokerlardan faqatgina yo‘lovchilar va ekipaj hayotiga xavf tug‘ilgandagina foydalaniladi. Ekipajning barcha a'zolarini shunday usuldan foydalanishga o‘rgatishadi.

Aviakompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilda parvozlar vaqtida 354 bebosh yo‘lovchilar bilan bog‘liq hodisa qayd etilgan. Ular orasida asosan – chekish, janjallar va spirtli ichimlik ta'sirida mushtlashuvlar hamda zo‘ravonlik holatlari bor.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid