Iqtisodiyot | 14:22 / 27.12.2016
7963
2 daqiqa o‘qiladi

Vashingtonda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi

AQSh poytaxti Vashingtonda O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsion va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tabdir AQSh savdo vazirligi, US Small Business Administration va Export DC biznes tuzilmalari hamda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi bilan birgalikda tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda "Jahon" axborot agentligi.  

Davra suhbati ishtirokchilari O‘zbekistondagi asosiy tendetsiyalar, siyosiy va iqtisodiyot islohotlarning borishi haqida ma'lumot olishdi.

Uchrashuv davomida AQSh kompaniyalari vakillari O‘zbekiston bilan investitsion va savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorliklarini bildirdilar.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi sezilarli odimlashlarni yuqori baholadilar.

Ular O‘zbekistonning biznesni yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha sa'y-harakatlarini hamda korrupsiyani yo‘qotish, biznes-ombudsmen institutini yaratish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish yo‘li bilan mavjud to‘siqlarni bartaraf etishga intilishini ta'kidlab o‘tdilar. 

 

Mavzuga oid