Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya prezidentlari yarashuvni IShIDga tatbiq qilmaslikka kelishib oldilar
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqotda Suriyada yarashuv tartibini IShID jangarilariga tatbiq etmaslikka kelishib oldilar, deb ma'lum qilindi Kremlning rasmiy saytida.
"Yetakchilar aksilterrorchilik yo‘nalishida o‘zaro harakatlarni yanada mustahkamlash fikrini bildirdilar, jumladan yarashuv terrorchilik guruhlariga, avvalambor IShIDga tatbiq etilmasligini ta'kidlab o‘tdilar", deyilgan xabarda.
Tomonlar Suriya hukumati va o‘rtamiyona muxolifat o‘rtasidagi kelishuvlarga erishilganidan qoniqish bildirdilar. Bu kelishuvlarga Rossiya va Turkiya vositachiligida erishilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026