Jahon | 07:47 / 31.12.2016
3568
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada musiqiy festivaldagi tiqilinchda 60 kishi jabrlandi

Foto:Falls Festival

Avstraliyaning Lorn shahrida o‘tgan Falls Festival musiqiy festivalida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 20 yosh atrofida bo‘lgan kamida 60 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Age nashri.

Nashrning yozishicha, 60 kishidan 19 nafari jiddiy, jumladan umurtqa, bosh va yuz  jarohatlari olganlar.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, tiqilinch festivalga yig‘ilganlar mahalliy DMA guruhi o‘z chiqishini yakunlagan hududdan London Grammar britan guruhi chiqishi kerak bo‘lgan sahnaga o‘tmoqchi bo‘lganda yuzaga kelgan. Oqibatda ko‘pchilik odamlar yiqilib, qolgan odamlar oyoqlari ostida qolib ketganlar.

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar, qolgan guruhlarning chiqishi to‘xtatilgan.
 
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jarohatlangan yoshlarning darg‘azab ota-onalari farzandlari bilan bog‘lana olishmagach, festival tashkilotchilariga Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali batafsil ma'lumot olish maqsadida xabar yuborishgan, biroq hozircha javob olishmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid