Sport | 10:11 / 01.01.2017
7467
2 daqiqa o‘qiladi

Kloppning o‘yindan keyingi intervyusi: «Xayriyat, uddaladik»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 19-turida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindagi 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Manchester Siti»ning saviyasini alohida qayd etishim kerak. Jamoa o‘yinga borini berdi va g‘alaba uchun o‘ynadi. Xayriyatki, biz yenga oldik. Buni uddaladik. Endi biz dushanba kuni yana o‘ynashimiz kerak.

Bu juda qiyin bo‘ldi. Lekin biz yaxshi himoyalana oldik va ajoyib gol urdik.

Ikkinchi bo‘limda biz ko‘p to‘p yo‘qotdik – bu biz uchun katta muammo. Lekin aytishim kerakki, ular yaqqol golli vaziyatlar yarata olishmadi.

Bilaman, ko‘pchilik bizning himoyamiz yaxshi emasligini aytadi. Ammo faqat gol o‘tkazilmagan o‘yinlardagina himoyada yaxshi o‘ynaldi deyish xato. O‘tkazilgan golga butun jamoa javobgar bo‘ladi. Albatta quruq o‘yin o‘tkazish jamoaning o‘yini natijasidir.

Menimcha, bizning darvozamizga liga jamoalari bo‘yicha eng kam zarbalar beriladi. Bugungi o‘yinga barcha futbolchilar bor e'tiborlarini qaratishgandi. Himoyamizni tanqid qilishlari meni tashvishga solmaydi», – degan Klopp.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid