Warner Brothers kinokompaniyasi Brexit haqida komediya ishlamoqchi
Warner Brothers kinokompaniyasi Birlashgan Qirollik mustaqilligi partiyasi (UKIP) bilan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga bag‘ishlanadigan filmning suratga olinishi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda The Telegraph xabar bergan.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ssenariy asosida "Brekzitning yomon yigitlari" asari (britaniyalik millioner Arron Banksning kundaliklari) yotadi. Banks «Chiqish uchun ovoz ber» tashviqot kampaniyasi homiylaridan birin bo‘lgandi.
Komediya janrida bo‘ladigan bu film yiqqan mablag‘lar xayriya uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Yevroskeptiklarni birlashtirgan UKIP partiyasi (bu partiya YeIni tark etish g‘oyasi tashabbuskori bo‘lgandi) sobiq yetakchisi Nayjyel Faraj rolini Benedikt Kamberbetch o‘ynashi, Brexit jarayoniga qarshilik qilgan Donald Tramp roliga esa Klint Istvud tanlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022
Brexit’ga bir yil to‘ldi: Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etib yutdimi yo yutqazdi?
22:11 / 30.12.2021
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik tavsiya qilindi
23:42 / 09.07.2021