Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aguero «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar uchligiga kirdi
«Manchester Siti» futbol klubi hujumchisi Serxio Aguero «shaharliklar»ning klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlari uchligiga kirdi. Aguero APLning 20-turi doirasidagi «Byornli» bilan uchrashuvda (2:1) bitta to‘p kiritdi va shaxsiy to‘plari sonini 153 taga yetkazib oldi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.
28-yoshli argentinalik «shaharliklar» tarkibida kiritilgan to‘plar bo‘yicha Kolin Bell bilan tenglashib oldi. Endilikda har ikki o‘yinchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni band etib turibdi. Ro‘yxatning birinchi va ikkinchi o‘rinlarida esa Erik Bruk (177) va Tommi Jonson (166 gol) qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, Aguero joriy mavsumda APLda 14 uchrashuv o‘tkazib, 11 to‘p kiritdi.
Mavzuga oid
12:10
«Siti» g‘alaba qozonishni boshladi, «Real» «Barsa»ni quvib o‘tdi. Kun o‘yinlari
17:16 / 22.01.2026
«Barsa» va «Siti» o‘tish o‘yinlariga qoladimi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026