Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk ijarasining minimal stavkasi belgilandi
O‘zbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga beriladigan turar joy va noturar inshootlar ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlarini belgilab berdi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi.
Ijara to‘lovining asosiy o‘lchamlari O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq belgilandi.
2017 yilda noturar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 9 ming so‘m qilib (2016 yilda - 6 ming so‘m) belgilandi, Nukus shahri va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 6 ming so‘m (4 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida esa - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) darajasida belgilandi.
Turar joy ijarasining minimal stavkasi 1 kvadrat metr uchun bir oyga Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘m (3 ming so‘m), Nukus va viloyatlar tasarrufidagi shaharlarda - 3 ming so‘m (2 ming so‘m) va boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘m (ming so‘m) darajasida belgilandi.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026