Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy samolyoti ilk marta Antarktidaning eng yuqori cho‘qqisiga qo‘nadi
Xitoyning "Cyuein 601" qutb samolyoti ilk marta "Kunlun" stansiyasi joylashgan Antarktidaning eng yuqori nuqtasida (dengiz sathidan 4093 metr balandlikda) qo‘nishni amalga oshiradi, u "Chjunshan" stansiyasi hududidagi aerodromdan parvoz qildi. Bu haqida Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Qutb ekspeditsiyalariga mo‘ljallangan Xitoy samolyotinining birinchi sinov parvozi 2016 yilning yanvarida amalga oshirilgan. U "Chjunshan" va "Kunlun" stansiyalari o‘rtasida 1300 kilometr masofani bosib o‘tgan, biroq yo‘nalishning so‘nggi nuqtasida qo‘nishni amalga oshirmagan.
"Cyuein 601" samolyoti 3 ming kilometr masofagacha to‘xtovsiz parvoz qilishga mo‘ljallangan. Manbaga ko‘ra, hozirgi ekspeditsiya Xitoyning Antarktidani tadqiq qilishdagi yangi bosqichi bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026