Jahon | 02:33 / 08.01.2017
8998
1 daqiqa o‘qiladi

Kot-d'Ivuardagi harbiylar isyoni yana ikki shaharga yetib bordi

Foto: Reuters

Juma kuni Kot-d'Ivuarda harbiylar isyoni shanba kuni mamlakatning yana bir nechta shaharlariga, xususan, Abidjan va Man shaharlarigacha tarqaldi, deya ma'lum qildi Frans Press. 

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Abidjandagi Akued harbiy bazasida otishma ovozlari eshitilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarga lagerga olib boradigan barcha yo‘llarni to‘sib qo‘ydi va buning oqibatida yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. 

Agentlikning ma'lum qilishicha, noroziliklar Man shahriga ham yetib borgan. 
 

Mavzuga oid