Siriya armiyasi şanba kuni isyonçilar yurişi boşlanganidan buyon bergan ilk rasmiy bayonotida suriyalik önlab harbiylar mamlakat şimoli-ğarbidagi töqnaşuvlarda halok bölgani aytiladi.
Manbalarga köra, muxolifatçi kuçlar bosqini şu qadar katta bölganki, hukumat armiyasi ayrim joylarda heç qanday qarşilik körsatmasdan va köplab harbiy texnikalarini qoldirgan holda qoçişga majbur bölgan.
«Terrorçilar soni köpligi va front kengligi qurolli kuçlarimizni hujumni qaytariş, tinç aholi va harbiylar hayotini saqlab qoliş hamda qarşi hujumga tayyorgarlik köriş uçun mudofaa çiziğini mustahkamlaşga qaratilgan qayta joylaştiriş amaliyoti ötkazişga undadi», — deyilgan armiya qömondonligi bayonotida.
Qarorgohi Britaniyada bölgan Suriyadagi inson huquqlariga rioya etilişini monitoring qiliş markazi (SOHR) ma’lumotiga köra, çorşanba kuni isyonçilar yurişi boşlanganidan buyon 300 dan ortiq kişi halok bölgan, şundan 20 nafari tinç aholi vakillaridir.

Rossiya aviatsiyasi 2016 yildan buyon ilk bor Başar Asad kuçlarini havodan qöllab-quvvatlaşiga töğri kelmoqda. Guvohlarning sözlariga köra, jumadan şanbaga ötar keçasi Halabning ayrim hududlari töxtovsiz öqqa tutilgan.
Rossiya hukumati zarbalar oqibatida Asadning muxolifatçilari bölgan 300 dan ortiq qurolli kişi yöq qilinganini iddao qilgan, ammo bu ma’lumot boşqa mustaqil manba orqali tasdiqlanmagan. Qayd etiş kerakki, Ukrainadagi uruş davomida rossiyalik harbiylar bergan bayonotlarning aksari keyinroq haqiqatga töğri kelmasligi ma’lum böldi.
SOHR ma’lumotiga köra, isyonçilar allaqaçon Halab aeroportini hamda atrofdagi önlab şahar va qişloqlarni egallagan.
Şuningdek, Suriyadan isyonçilar navbatdagi yirik şahar Hama tomon yuriş qilayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Uşbu şahar avvaldan isyonçilar nazoratida qolayotgan Idlib viloyatidan janubda joylaşgan.
Ayrim ma’lumotlarga köra, Hama markazidan 20 kilometr masofada şiddatli janglar bölib ötmoqda. Internetda Suriya hukumati qöşinlari kolonnasi Hamani şoşilinç tarzda tark etib, Homs şahri tomon ketayotgani aytilgan kadrlar paydo böldi (lekin bu video haqiqiyligi hozirça tasdiqlanmagan).


















