Suriya ğarbidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarida alaviylar tomonidan 7 mart kuni boşlangan isyon oqibatida mingdan ortiq inson halok böldi, deb xabar beradi Associated Press.

Suriya inson huquqlarini kuzatiş observatoriyasi (SOHR) ma’lumotlariga köra, Suriyaning yangi hukumati hamda hokimiyatdan ağdarilgan sobiq prezident Başar Asad tarafdorlari örtasida ikki kundan beri davom etayotgan töqnaşuvlar davomida kamida 745 nafar tinç aholi öldirilgan.

Şuningdek, halok bölganlar orasida hukumat xavfsizlik kuçlarining 125 nafar hamda Asadga boğliq qurolli tuzilmalarning 148 nafar jangçisi ham bor.

SOHR uşbu isyonni «Hay’at Tahrir aş-Şom» harakati 2024 yil dekabrda Asad rejimini ağdarganidan beri Suriyada kuzatilgan eng qonli voqea deb atamoqda.

Töqnaşuvlar oqibatida halok bölganlar töğrisida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. Şu paytgaça töqnaşuvlar asosan lokal körinişda bölib, tezda töxtagan. Agar yangi hokimiyat alaviylar qözğolonini tezda bostira olmasa, bu boşqa jamoalar bilan ziddiyat kuçayişiga olib kelişi mumkin.

Avvalroq Suriya markaziy hukumat kuçlari alaviylar qözğoloni boşlangan Örta Yer dengizi sohilidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarini nazorat ostiga olgani töğrisida xabar berilgandi. 8 mart holatiga köra, hukmron islomiy «Hay’at Tahrir aş-Şom» harakati bilan aloqador armiya va jangarilar mintaqadagi aholi gavjum hududlarda reyd ötkazmoqda.