Jahon | 22:19 / 08.01.2017
12819
2 daqiqa o‘qiladi

Misr rekord darajadagi arzon avtomobil ishlab chiqarmoqchi

Foto: RIA

Misrlik sanoatchilar 2017 yilda to‘liq Misrda ishlab chiqariladigan va rekord darajada arzon bo‘ladigan avtomobilni taqdim qilishga va'da berishmoqda. Bu haqda Misrning  "Al-Axram Abdo" nashri xabar bermoqda. 

Mashinaning texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va hattoki nomi sir saqlanmoqda, biroq uning taqdimoti sanasi ma'lum qilindi. Bu taqdimot 2017 yil 30 iyunda bo‘lib o‘tadi. "An-Nasr" korporatsiyasi yangi mashinani yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.  

Marketing tadqiqotlari aholisi 92 mln kishini tashkil qiladigan Misr uchun o‘z avtomobilini yaratish zaruriyati allaqachon yetilganini ko‘rsatmoqda. Mashinaga talab bo‘ladi, bunga hech kim shubha qilmayapti. Misrlik haydovchilarning mashina o‘lchamlari, dizayni bo‘yicha nimalarni xush ko‘rishlari o‘rganib chiqildi. 

Mutaxassislar mashina narxi haqiqatan ham raqobatdan tashqarida bo‘lishini taxmin qilishmoqda. 

Avvalroq Misr internet-OAV mamlakatda Hindistonning Nano avtomobilining issiq iqlim va yuqori haroratlarga bardoshli kloni ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Unda dvigatel orqa tomonda joylashadi, radiator esa ventilyator bilan jihozlanadi. Bu avtomobil plastikdan ishlangan hind muqobilidan farqli, listli metalldan ishlanadi. Ma'lum qilinishicha, ishlab chiqaruvchilar uni iloji boricha kichik o‘lchamli, biroq ichidan shinam qilishga harakat qilishgan. Mashina 30 km ga 1 litr benzin sarflaydi, maksimal tezligi 90 km/soatni tashkil qiladi. Misrning mini-avtomobili sovitish va isitish rejimlarida ishlovchi konditsioner bilan jihozlanadi. Nano Egypt avtomobilini pulini 60 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan sotib olish mumkinligi ma'lum qilingan.     

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid