Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Emirates reyslaridan biri yukxonadan topilgan ilon tufayli bekor qilindi
Emirates aviakompaniyasi o‘z reyslaridan birini yukxonadagi ilon tufayli bekor qildi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar bergan.
"Emirates 2017 yilning 8 yanvar kuniga belgilangan YeK0863 Maskat – Dubay reysi yukxonada ilon topilgani tufayli bekor qilinganini tasdiqlaydi, - deyiladi bayonot matnida. - Texnik xodimlar va farroshlar samolyot yana o‘z vazifasini bajarishga kirishishi uchun ishlashmoqda".
Gulf News gazetasining ta'kidlashicha, sudralib yuruvchi jonivor tutib olingan.
Nashr hodisa ijtimoiy tarmoqda keng muhokamalarga sabab bo‘lganini ta'kidladi. Foydalanuvchilarning aksariyati uni 2006 yilda taqdim etilgan “Ilon parvozi” trilleri bilan bog‘lashgan. Filmda xavfli guvohni o‘ldirish maqsadida qurbon o‘tirgan aviareysga zaharli ilonlar bo‘lgan konteyterni joylashtirgan mafiya haqida hikoya qilinadi.
Mavzuga oid
21:07 / 05.10.2024
Emirates yo‘lovchilarning samolyot bortiga peyjyer va ratsiyalar olib chiqishini taqiqladi
21:24 / 10.08.2021
Styuardessa yorqin reklama uchun dunyodagi eng baland bino uchida 5 soat o‘tkazdi
17:09 / 10.01.2019
Ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo‘nishi videoga olindi
15:29 / 18.10.2018