Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda yana portlashlar sodir bo‘ldi, o‘nlab qurbonlar bor
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi parlament majmuasi binosi hududi oldida 2 marta portlash sodir etildi. Bu haqda TOLO News xabar bergan.
Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, portlashlardan biri Dorulomon tumani hududida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, parlament binosi oldida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan.
Teraktlar oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Sky News xabariga ko‘ra, 45 kishi jarohatlangan. Qurbonlar orasida parlamentariylar bor.
Bundan oldinroq, Afg‘onistonning Hilmand viloyati markazi bo‘lmish Lashkargoh shahrida hukumat vakillari va jangarilar o‘rtasida sulh tuzish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilayotganda portlash ro‘y berib, 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026