Afğoniston poytaxti Kobul şahridagi parlament majmuasi binosi hududi oldida 2 marta portlaş sodir etildi. Bu haqda TOLO News xabar bergan.

Mahalliy hukumat xabariga köra, portlaşlardan biri Dorulomon tumani hududida xudkuş terrorçi tomonidan amalga oşirilgan. Şuningdek, parlament binosi oldida portlovçi qurilmalar örnatilgan avtomobil portlatilgan.

Teraktlar oqibatida kamida 21 kişi halok bölgani aytilmoqda. Sky News xabariga köra, 45 kişi jarohatlangan. Qurbonlar orasida parlamentariylar bor. 

Bundan oldinroq, Afğonistonning Hilmand viloyati markazi bölmiş Laşkargoh şahrida hukumat vakillari va jangarilar örtasida sulh tuziş böyiça uçraşuv ötkazilayotganda portlaş röy berib, 7 kişi halok bölgani haqida xabar berilgandi.