Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona: Messidan ko‘nglim qoldi
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Diyego Maradona “Barselona” hujumchisi Lionel Messining FIFAning taqdirlash marosimiga kelmagani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Mukofot Madridning “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Shuningdek, sovringa Messi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann ham da'vogarlik qildi.
“Mening Messidan ko‘nglim qoldi. Uyda televizor oldida o‘tirib, hech kim bilan kurash olib borib bo‘lmaydi. Men “Barselona” vakillari nima uchun kelishmaganini bilmayman. O‘ylashimcha, u Tsyurixga kelib, Barselonadagidan ham ko‘proq kurash olib borishi mumkin edi”, - deya Maradonaning so‘zlarini keltiradi TVE.
Ma'lumot uchun, Ronaldu ovoz berish yakuniga ko‘ra 34,4 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa, Messi- 26,42 foiz, Grizmann esa 7,53 foiz ovozni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026