Nissan yangi sedanlarining dizaynini prototipida namoyish etdi
Yaponiyaning Nissan kompaniyasi AQShning Detroyt avtoko‘rgazmasida yangi prototipini namoyish etdi. Vmotion 2.0 deb nomlangan kontsept-kar Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchisining yangi avlod modellari qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi xususida tasavvur uyg‘otishi kerak.
Prototipga ProPILOT muqobil boshqaruv tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, uning ilk namunasi Serena miniveniga joylangan edi.
Kontsept-karning old va orqa eshiklari bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga ochiladi. Eshik va polga taxtadan ishlov berilgan. Raqamli priborlar paneli va multimedia tizimi yagona blokka birlashtirilgan. Uni boshqarish markaziy konsoldagi tachpad orqali boshqariladi.
Prototipga Bose UltraNearfiel Speakers audiotizimi ham o‘rnatiladi. U haydovchini kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirish maqsadida tovush kuchi va yo‘nalishini o‘zgartira oladi.
Biroq, kompaniya Vmotion 2.0 motorlariga doir birorta ham ma'lumot taqdim etmagan.
Mavzuga oid
21:25 / 18.03.2024
Nissan nega O‘zbekistonga kirmagan? Kompaniyaning o‘zbek menejyeri bilan suhbat
17:41 / 24.05.2023
340 ot kuchiga ega “supergibrid” Nissan X-Trail Xitoy bozorida sotuvga chiqdi
20:14 / 07.03.2022
Nissan Sankt-Peterburgdagi zavodi faoliyati to‘xtatilishini e’lon qildi
12:06 / 05.10.2021