Sport | 15:46 / 12.01.2017
11950
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Messining muxlislari Ronaldunikiga nisbatan 3 baravar ko‘pligi aniqlandi

Xitoyning Baidu (Google muqobili — Tribuna izohi) qidiruv tizimi 2016 yil uchun ma'lumotlarni taqdim qildi.

Hisobotga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi Xitoyda «Real» forvardi Krishtianu Ronalduga qaraganda uch baravar ko‘proq muxlisga ega ekan.

Xitoy chempionati o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish APL bilan solishtirganda 1,4 baravarga o‘sgan. Shunga qaramay, futbol bugungi kunda mamlakatda ikkinchi raqamli sport turi bo‘lib qolmoqda. Birinchi o‘rinda basketbol (sport so‘rovlarining 50 foizini tashkil qiladi) futbolni 10 foiz ko‘proq so‘rovlar bilan ortda qoldirib ketgan.

2016 yilning o‘zida qidiruv tizimiga birgina sport mavzusi bilan 1,8 milliard marta so‘rovlar yuborilgan.

Mavzuga oid