«Barselona» hujumçisi Lionel Messi «Real»ning sobiq hujumçisi, hozirda «Yuventus»da öynayotgan Kriştianu Ronaldu bilan raqobati doimiy bölişini aytdi.

«Ronalduga qarşi öyinlar öziga xos bölgan va doim şunday bölib qoladi. Bu raqobat köp yillardan beri davom etib kelmoqda. Buni uzoq vaqt davomida uşlab turiş oson emas.

Men va Kriştianu örtasidagi duel juda yaxşi darajada bölgan va odamlarga yoqqan.

Şubhasiz, Kriştianu «Real»da öynaganida, «El Klasiko»lar özgaça ötardi. Bu ötmişda qoldi. Biz endi yangi çaqiruvlarni kutyapmiz. Çorşanba kuni «Yuventus» bilan öyin. Umid qilamanki, Kriştianu tez orada COVID'dan tiklanadi va bizga qarşi bahsda iştirok etadi», – deya Messining sözlarini keltiradi DAZN.