Sport | 20:27 / 12.01.2017
5995
2 daqiqa o‘qiladi

Kurash: 2016 yilning eng yaxshilari

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi 2016 yil yakunlariga ko‘ra turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshi kurashchilarini e'lon qildi. 

Suhrob Xudoyberdiyev mazkur musobaqada ko‘rsatgan mahorati, chiroyli usullarni qo‘llagani uchun Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi texnika sohibi", deb e'tirof etildi. 

Hindistonning Kochchi shahrida yigirma yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha VIII jahon chempionati o‘tkazildi. Nufuzli chempionatda dunyoning ellikdan ziyod mamlakatidan besh yuzga yaqin sportchi 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Musobaqada muvaffaqiyatli qatnashgan o‘zbekistonlik polvonlar 9 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Mazkur nufuzli musobaqa "Yilning eng yaxshi chempionati", deb topildi. 

Eronlik Mustafo Dalirian “Yilning eng yaxshi erkak kurashchisi”, Xitoy Taypeyi vakilasi Li Van Ting "Yilning eng yaxshi ayol kurashchisi", Dominikan Respublikasidan Algimedez Ortiz Kruz va Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Xenriyett Moller “Yilning eng yaxshi hakam”lari, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Sun Jun Kyun "Yilning eng yaxshi murabbiyi", Kongo Respublikasi kurash assotsiatsiyasi “Eng yaxshi milliy federatsiya”, Panamerika kurash ittifoqi “Eng yaxshi qit'a federatsiyasi", deb topildi. 

Mavzuga oid