Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya va Avstraliya birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlar haqidagi kelishuvni imzolashmoqchi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va uning avstraliyalik hamkasbi Malkolm Ternbull yil oxirigacha birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqidagi kelishuvni tuzishmoqchi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi xabar bermoqda.
Ikki davlat yetakchisi qurollanish sohasida o‘zaro xizmat ko‘rsatish va yetkazib berishlar bo‘yicha kelishuvni imzolashdi. Abe va Ternbull mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha choralarni konkretlashtirish uchun mudofaa vazirlariga tegishli tayyorgarchilik ishini o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradilar.
Shuningdek, ikki yetakchi Oq uyning yangi ma'muriyati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqchilar.
Abe Avstraliyaga o‘zining Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida tashrif buyurdi. Abe turnesini Indoneziya va Vetnamga safari bilan davom ettiradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
20:23 / 12.06.2026