Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay 2017 yilda qurilish sektori tufayli yanada rivojlanadi
Dubaydagi xususiy kompaniyalar Expo-2020 arafasida qurilish faoliyatining jadallashishi tufayli bizneslari rivojining “ancha optimistik” istiqbollariga erishishdi. Bu haqda Emirates NBD hisobotida aytiladi. Bankning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi tadqiqotlari bo‘limi rahbari Kxatiyi Haqning so‘zlariga ko‘ra, amirlik iqtisodiyoti 2017 yilda aynan qurilish sohasi sabab yanada rivojlanadi.
Avvalroq BAA neftdan tashqari sohasidagi o‘sish hajmi 2016 yilning dekabrida, iqtisodiy sharoitlarning yaxshilanishi tufayli yanada oshgani xabar qilingandi.
Bu Dubayning 2017 yilgi byudjyetida amirlik infratuzilmasiga sarf-xarajatlar bandi 27 foizga oshganini ko‘rsatadi. Yil esa Dubai Harbour ko‘p milliardlik turistik mega-loyihasini ishga tushirish bilan boshlandi.
Deloitte konsalting firmasi Forz ko‘rfazi mamlakatlarida ishlab chiqish jarayonida bo‘lgan loyihalar hajmini 2 trillion AQSh dollariga baholadi. Firma eng ko‘p faollikni Saudiya Arabistoni va BAAga bildirgan.
“Ijobiy kayfiyat darajasi 2015 yilning iyunidan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi”, - deyiladi xabarda.
Umuman Dubay iqtisodiy indikatorlari mavsumiy tebranishi dekabrda 55,9 punktni tashkil qildi – bu iyul oyidan beri eng yuqori natija. Sayohat va turizm sohasi eng yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etib kelayotgan soha bo‘lib kelmoqda. Undan so‘ng chakana va ulgurji savdo, shuningdek qurilish sohasi bormoqda.
Yangi ish o‘rinlari nuqtai-nazaridan ham biroz olg‘a siljish kuzatilmoqda. Bu holat ayniqsa qurilish kompaniyalarida ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026