Sport | 00:15 / 15.01.2017
15649
1 daqiqa o‘qiladi

Hakam futbolchini sevgi izhori uchun jazoladi

Tinch okeanida joylashgan Guam davlati futbol chempionatidagi uchrashuvda qiziqarli hodisa yuz berdi.

"Rovers" klubi hujumchisi Eshton Serber raqib darvozasiga teskari turgan holda yiqilgan holatda o‘zining ustidan to‘pni tepib, "qaychi" usulidagi chiroyli gol muallifiga aylandi. U gol urgandan keyin suyukli yori o‘tirgan tribunaga chopib borib, uning qo‘li so‘ralgan maykani namoyish qilgan. 

Biroq uchrashuv hakami futbolchining bu romantik harakatini tushunmay, uni sariq kartochka bilan jazolagan. Biroq futbolchi bunga uncha ham e'tibor bermagan. Chunki u o‘zining maqsadiga erishdi: sevimli yori unga turmushga chiqishga rozilik bergan.

 

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid