Jamiyat | 21:09 / 15.01.2017
11056
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada aylanuvchi osmono‘par inshoot quriladi

Sidney markazida besh aralash parrelepipedlardan iborat "aylanuvchi" osmono‘par minora barpo etiladi. Quay Quarter Tower nomli bino konsepsiyasi Daniyaning 3XN me'morchilik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya 2014 yilda 49 qavatli bino yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan, 2015 yilning noyabrida esa 3XN loyihasi shahar kengashi tasdig‘idan o‘tgan. 

O‘z tuzilishiga ko‘ra, yangi osmono‘par loyiha mutlaqo o‘zgacha ko‘rinadi - bino tashqarisidan qanday ko‘rinsa, ichkaridan ham shunday. Minora balandligi 200 metrni tashkil qiladi, bino maydoni 100 ming kvadrat metrdan ortiq. Quay Quarter Tower shahar markazida, boshqa baland binolar orasida, Opera teatri yaqinida qad ko‘taradi. Qurilish 2018 yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda. 

Yangi bino bir-biriga qarama-qarshi besh blokdan iborat. U joylashuviga ko‘ra, xuddi o‘z atrofida aylanayotgan minoradek tasavvur uyg‘otadi. 

Har bir blok tomida yashil hudud tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Me'morlarning fikricha, bunday dizayn idora xodimlari va mehmonlariga ham gorizontal, ham vertikal tomondan manzaradan bahra olish imkonini beradi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid