Fan-texnika | 08:16 / 16.01.2017
7469
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov Rossiya prezidenti sayti kuniga yuzlab hujumlarga uchrashini aytdi

Foto: NBC News

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ildizi AQShga borib taqaladigan yuzlab kiberhujumlarga qaramasdan, Rossiya AQSh rahbariyatini bu hujumlarni tashkillashtirishda ayblashga shoshmaydi, deb aytdi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.  

"Rossiya prezidenti veb-sayti kuniga yuzlab, ba'zida esa minglab xakerlik hujumlariga uchraydi. Ba'zi xakerlar veb-saytga AQSh hududidan, boshqalari Xitoy, Hindiston, Yevropa davlatlari va boshqa davlatlar hududidan hujum qilishadi", deb aytmoqda Peskov.  

Peskov AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning AQShga qilingan kiberhujumlar ortida Rossiya turgani haqidagi gaplariga shu tariqa javob qaytardi.

"Biroq bu "Biz Obama hujumlarga buyruq berganini, Oq uy esa bu hujumlar ortida turganini bilamiz", deb aytishimizga olib kelmaydi. Agar biz shunday deganimizda, siz bizni telba deb atagan bo‘lardingiz", deb qo‘shimcha qildi Peskov.

Avvalroq AQSh senati "Rossiya kiberhujumlari"ni tergov qilishni boshlashini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid