O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildilar
O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari Ixtiyor Abdullayev va Yuriy Chayka Moskvada uchrashuv o‘tkazdilar va uning doirasida bosh prokuraturalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi saytida ma'lum qilindi.
"Uchrashuv ishtirokchilari Rossiya va O‘zbekiston prokuraturalari ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish masalalarini hamda O‘zbekiston bosh prokuraturasining MDH davlatlari bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashi ishida ishtirok etishini muhokama qilishdi", deyildi xabarda.
Chayka o‘zbekistonlik mehmonlarni qutlar ekan, Rossiya va O‘zbekiston prokuraturalari hamkorligi hamfikrlik va o‘zaro ishonchning yuqori darajasi bilan tavsiflanishini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti formatida birgalikdagi ish, BMT va Xalqaro prokurorlar uyushmasi yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlar muvaffaqiyatli kechmoqda.
Ikki davlat prokuraturalari jinoiy sud ishlarini yuritish, odamlar savdosiga qarshi kurash, huquqiy oqartuvni tashkillashtirish sohasida xalqaro hamkorlik tajribasi bilan muntazam ravishda o‘zaro almashib keladilar.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv davomida Rossiya bosh prokuraturasi akademiyasi va O‘zbekiston bosh prokuraturasi oliy o‘quv kurslari o‘rtasida xodimlarni tayyorlash sohasida hamfikrlik va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
23:51 / 27.10.2024
Bosh prokuratura OAV vakillarini tasdiqlanmagan axborot tarqatishdan ogohlantirdi
15:34 / 24.10.2024
Sanoat korxonalari chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatishni paysalga solmoqda - Bosh prokuratura
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
21:00 / 07.10.2024