Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ispaniyada FQB so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi hibsga olindi
Ispaniya huquq-tartibot idoralari Interpol va AQSh Federal qidiruv byurosi so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi Stanislav Lisovni hibsga olishdi. Bu haqda RT telekanali dasturchining rafiqasiga tayangan holda xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lisov Taganrogda dasturchi bo‘lib ishlaydi, u saytlarni qo‘llab-quvvatlash va barpo qilish bilan shug‘ullanadi. Er-xotin Ispaniyaga dam olish uchun kelgan bo‘lgan.
«Biz ijaraga olingan mashinani topshirib, Lionga uchish uchun Barselona aeroportiga kelganimizda, bizni to‘xtatishdi. Avtomobildan chiqqanimizda, ikki nafar politsiyachi kelib, erimni hibsga olishlarini aytishdi hamda telefon, planshet va noutbukni tekshira boshlashdi», — degan Darya Lisova.
Ispaniya politsiyasi Lisovni FQB va Interpol so‘rovi bilan qo‘lga olganini ma'lum qilgan.
Lisovga hech qanday ayblov e'lon qilinmagan. Ayni vaqtda, rossiyalik dasturchi Kataloniyaning Brians qamoqxonasida saqlanmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026