Sport | 18:06 / 24.01.2017
10737
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» nihoyat Messiga yangi shartnoma taklif qildi

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub argentinalik futbolchiga 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishi kutilmoqda.

Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, uning yillik maoshi, soliqlar chiqarib tashlanganda 22 mln yevroni tashkil qiladi. Kataloniyaliklar hozircha Luis Suares va Neymar bilan 2021 yilga qadar shartnomani uzaytirishga ulgurgan.   

Bartomeu avvaliga Lionel Messining o‘zi bilan uchrashib olishni, keyin esa uning otasi va agenti Xorxe bilan muzokara olib borishni niyat qilgan. 

Mavzuga oid