Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda o‘tadigan Universiada-2017ning mash'alini yoqib berdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qishki Universiada-2017ning mash'alasini yoqish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
28-butunjahon qishki Universiadasining mash'alini yoqish estafetasi bugun, Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Uning birinchi bosqichida 60 nafar kishi ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda esa mash'al respublika shtabi vakillariga beriladi va 28-qishki butunjahon Universiadasini ochib berish uchun aviareys orqali Olma-otaga yetkaziladi.
“Biz bu yerda 29 yanvar kuni Olma-ota shahrida ochiladigan 28-butunjahon qishki Universiadasining mash'alini yoqdik. Mamlakatimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan g‘alabalar mustaqillik yillarida muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday ko‘lamdagi musobaqa Qozog‘istonda hali o‘tkazilmagan edi. Boshqa davlat emas, aynan Qozog‘iston tanlandi. Ishonamanki, ushbu musobaqani ishonch bilan o‘tkazamiz”, — dedi Nazarboyev tantanali marosimda.
Ma'lumot o‘rnida: 28-butunjahon qishki Universiadasi 29 yanvardan 8 fevralga qadar Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025