Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQShda Pizza Hut restoranlari franshizasi bankrotlik bo‘yicha ariza berdi
Foto: Fotolia
AQShning Pizza Hut restoranlari tarmog‘i franshizasi (brend egasi litsenziyasi bo‘yicha ish yurituvchi) xarajatlar ortgani va savdo hajmining pasaygani sabab bankrotlik bo‘yicha ariza berdi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
WK Capital Enterprises Inc. kompaniyasi yuristlarining so‘zlariga ko‘ra, Tennessi, Virjiniya, Men va Shimoliy Karolina shtatlarida joylashgan 53 restorandan iborat tarmoq yanvar oyi uchun ijara pulini to‘lay olmagan.
Bankrotlik uchun Kanzas shtati Uichito shahri sudiga murojaat qilgan yuristlar, shuningdek, 400 ming dollar miqdorida zayom taqdim qilishni ham so‘ragan. Bu summa 1,4 ming xodim ishlaydigan tarmoqning ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ishlashiga kifoya qiladi.
Bundan tashqari, kompaniya advokatlari hakam Robert Nujyentga murojaat qilib, xodimlarga ish haqini o‘z vaqtida to‘lashga ruxsat berishni so‘rashgan. Ammo, ular restoranlar tarmog‘ini sotishni bevosita bildirmagan.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026