Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bank tizimi xalqaro andozalarga ko‘ra rivojlantiriladi
Bugun 25 yanvar kuni "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi" loyihasining navbatdagi jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
3-kun mavzusi - Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi. Tadbirda Soliq akademiyasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi departament, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Ta'kidlash joizki, tadbirga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan hech kim kelmadi, holbuki matbuot relizida rais o‘rinbosarining nomi qayd etilgan edi.
Spikerlarimiz iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari - ochiqlik va raqobatni oshirish, erkin iqtisodiy faoliyatni ta'minlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning ilg‘or tarmoqlarini faollashtirish va modernizatsiyalash, bank moliyaviy islohotlarni tubdan isloh qilish, xususiy tadbirkorlikni himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, chet el investitsiyalarini joriy qilish, turizmni samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni kiritishga yo‘naltirilganligini qayd etishdi.
Shuningdek bank tizimi oldiga katta vazifalar qo‘yilganligi, chet el moliya tashkilotlari bilan hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish, milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish, talab va taklifdan kelib chiqib, bozor narxini belgilash, inflyatsiya darajasini saqlab qolish, iste'mol tovarlari bahosi oshishining oldini olishga e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.
O‘zbekistonda bank tizimini xalqaro andozalarga ko‘ra rivojlantirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, jahon banki eksportlarini jalb qilish, tadbirkorlarga kredit mablag‘larini ajratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, raqobatbardoshlikni oshirish chora-tadbirlari ko‘rilayotganligi aytildi.
Mavzuga oid
17:18 / 06.10.2021
Harakatlar strategiyasi uchun 5 yilda 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd dollar sarflangani ma'lum qilindi
11:34 / 18.01.2019
O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar liberallashtiriladi
11:30 / 18.01.2019
O‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etildi
11:18 / 18.01.2019