O‘zbekiston | 22:18 / 27.01.2017
10041
1 daqiqa o‘qiladi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 24 yanvaridagi qarorga muvofiq, Shokirov Bahrom Asqaraliyevich O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markaziga yangi rahbar etib tayinlandi.
Bahrom Shokirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2015 yilning iyulidan beri Markazning Toshkent shahri hududiy boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Vazirlar Mahkamasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi