Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq parlamenti amerikaliklarga mamlakatga kirishni taqiqlaydi
Iroq parlamenti AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan musulmonlarning kirishini taqiqlovchi farmonni imzolanishiga qarshi javob choralari ko‘rish uchun ovoz berdi. Bu haqida Al Sumaria nashri xabar berdi.
Telekanal manbasining ma'lum qilishicha, qaror xalqaro masalalar qo‘mitasining tavsiyasi bilan qabul qilingan. Rezolyutsiyada Vashington o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmasa, Bog‘dod tomonining javob choralari ko‘rilishi haqida gap boradi.
Bundan tashqari, hujjat BMT (Birlashgan millatlar tashkiloti) va ADL (Arab davlatlari ligasi)ni ham Amerika hukumati harakatlariga qarshi qat'iy pozitsiyani egallashga chaqiradi.
O‘z navbatida, Politico nashri AQSh fuqarolariga nisbatan aniq javob choralari haqida xabar berilmaganiga oydinlik kiritdi. Shuningdek bunday choralar Iroq hududidagi amerikalik harbiylarga nisbatan qo‘llanish yo qo‘llanmasligi noma'lum.
Mavzuga oid
15:09
AQShdagi qor bo‘roni: o‘nlab qurbonlar, bekor qilingan minglab aviareyslar va o‘zgarayotgan prognozlar
14:42
Kiyev: Tramp 15 maygacha tinchlik shartnomasini tuzishga intilmoqda
09:58
Meksika chegarasida to‘qnashuv: odam kontrabandasida gumonlanuvchi yaralandi
21:56 / 27.01.2026