Jahon | 18:14 / 31.01.2017
5609
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sulda jangarilar hujumi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Iroqning Mo‘sul shahrida kamida 14 kishi IShID jangarilari hujumi qurboniga aylandi.

"Al-Mayadin" telekanali xabariga ko‘ra, jangarilar shaharning sharqiy qismidagi aholi turar joylariga raketa zarbalari yo‘llagan.

Mo‘sulni ozod etish uchun quruqlikdagi harbiy harakatlar Iroq hukumati tomonidan 2016 yilning 17 oktabrida boshlangandi. Bu keng ko‘lamli yurishda Iroq qo‘shinlariga shia harbiy bo‘linmalari va kurdlarning "peshmerga" bo‘linmalari yordam bermoqda. Undan tashqari, havodan Iroq HHK va AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari hujumlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mavzuga oid