Jamiyat | 08:34 / 31.01.2017
8099
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Rossiyalik bahodir tovani ikkiga buklab tashladi

Internetda Ginness rekordlar kitobi rekordchisi Aleksandr Muromskiy tomoshabinlar hayqiriqlari ostida tovani ikkiga buklab tashlagani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Hodisa Rossiyaning Oryol shahridagi talabalar basketbol assotsiatsiyasi yulduzlari uchrashuvida yuz berdi. Taym-autlardan birida Muromskiy o‘yin maydoniga chiqib, bir necha soniya davomida unga tashkilotchilardan tomonidan berilgan tovani naysimon shaklga keltirib qo‘ydi.

Assotsiatsiya rasmiy saytining yozishicha, zarar ko‘rgan tova Moskvaga - talabalar basketbol assotsiatsiyasiga raislik qiluvchi Rossiya adliya vaziri Aleksandr Konovalovga jo‘natiladi.

Aleksandr Muromskiy Oryol viloyati ma'muriyatida ishlaydi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga rahbarlik qiladi.

U Ginness rekordlar kitobi qo‘mitasi tomonidan rasman qayd etilgan 9ta jahon rekordi sohibi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish