Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Trampning farmoni tufayli sudga murojaat qilmoqchi
Apple kompaniyasi AQShning migratsion siyosatiga javoban sudga da'vo qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Kompaniya direktori Tim Kukning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlarni mamlakatga kiritishni taqiqlash bo‘yicha farmoni kompaniya xodimlariga bevosita ta'sir ko‘rsatgan.
Kompaniya esa, ularga ko‘mak berish uchun barcha ishni qiladi. Apple rahbarining so‘ziga ko‘ra, korporatsiya Oq uy bilan bog‘langan va farmonning salbiy tomonlari qanday bo‘lishini tushuntirishga uringan.
Tim Kuk bu farmonni nafaqat Apple uchun, balki Qo‘shma Shtatlar uchun bekor qildirishga erishmoqchi.
Shu haftada prezident Donald Tramp immigratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan qator farmonlar imzoladi. Xususan, shunday farmondan biriga ko‘ra, asosiy aholisi musulmonlardan iborat bo‘lgan mamlakatlar fuqarolariga 90 kunga AQShga kirish taqiqlandi. Biroq, hujjatda qaysi mamlakatlar haqida gap borayotganiga oydinlik kiritilmagan bo‘lsa-da, Amerika nashrlari bular Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali mamlakatlari ekanini ma'lum qildi.
Tramp farmoni Kremniy vodiysi kompaniyalari qiymatini qanchaga tushirib yuborgani ma'lum bo‘ldi
Mavzuga oid
20:05 / 10.04.2026
«Umuman iqror emasman» – Sanjar Karimovga oid sud ish boshladi
12:15 / 10.04.2026
Xorazmda 7 ming so‘mdan palov sotgan tadbirkor jarimaga tortildi
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
18:16 / 08.04.2026