Apple kompaniyasi har yili ötkaziladigan Worldwide Developers Conference (WWDC) tadbirida Apple Intelligence platformasining yangi avlodini va Siri AI deb nomlangan yangilangan virtual yordamçini namoyiş etdi.
Kompaniya ma’lumotiga köra, Siri AI iPhone, iPad, Mac, Apple Watch va Apple Vision Pro qurilmalariga çuqur integratsiya qilinadi. Yangi tizim foydalanuvçining şaxsiy ma’lumotlari, xatlari, elektron poçtasi, fotosuratlari va boşqa kontentlarini tahlil qilib, kontekstga mos javoblar beriş imkoniyatiga ega böladi.
Şuningdek, Siri AI ekranda körinayotgan ma’lumotlarni tuşuniş, turli dasturlar örtasida vazifalarni bajariş va internetdan dolzarb ma’lumotlarni topib beriş imkoniyatlarini ham qöllab-quvvatlaydi.
Apple vakillarining ta’kidlaşiça, yangi arxitektura foydalanuvçilar maxfiyligini saqlaşga qaratilgan bölib, sun’iy intellekt hisob-kitoblarining katta qismi qurilmaning özida amalga oşiriladi.
Yangilangan Siri alohida ilovaga ham ega böladi. U çatbot uslubida muloqot qiliş, suhbat tarixini sinxronlaştiriş va turli Apple qurilmalari örtasida uzluksiz işlaş imkoniyatini taqdim etadi.
Ekspertlar fikriça, Siri AI Appleʼning sun’iy intellekt sohasidagi eng muhim yangilanişlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya uşbu mahsulot orqali ChatGPT, Gemini va boşqa zamonaviy AI yordamçilariga raqobatçi bölişni maqsad qilmoqda.
Apple ma’lum qilişiça, Siri AI dastlab ingliz tilida işlaydi va joriy yil oxirida beta-sinov bosqiçida foydalanuvçilarga taqdim etiladi.












