Tesla Motors nomini o‘zgartirdi
Tesla Motors avtomobilsozlik kompaniyasi nomini Tesla deb rasman o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda TechCrunch nashri.
Nashr fikricha, bu kompaniya biznesining avtomobillardan boshqa sohalarga ham sekin-asta yo‘nalayotganini anglatadi. Hozirda Tesla o‘z saytida o‘zini "nafaqat avtomobil ishlab chiqaruvchisidek, balki energetik innovatsiyalarga urg‘u beruvchi texnologik va dizayn-kompaniyasi sifatida" ta'riflaydi.
2016 yilda Tesla quyosh panellari ishlab chiqaruvchi SolarCity kompaniyasini sotib olgan. Shu yilning oxirida kompaniya uylar uchun oddiy cherepitsa ko‘rinishidagi quyosh panellari ishlab chiqarish rejalarini ma'lum qilgan.
2016 yil boshida Tesla rahbari Elon Mask fizik Nikola Teslaning muxlisi bo‘lgan, Kremniy vodiysidagi muhandis Styu Grossmanga tegishli bo‘lgan Tesla.com domenini qo‘lga kiritgandi. Domenning qo‘lga kiritilishi bo‘yicha bitim tafsilotlari oshkor qilinmagan. Keyinroq kompaniya o‘zining Teslamotors.com’dagi saytini yangi manzil – Tesla.com’ga ko‘chirgan.
Mavzuga oid
23:09 / 24.10.2024
Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23:57 / 18.10.2024
AQShda Tesla’ning 2,4 millionta mashinasi tekshiruvdan o‘tkaziladi
11:43 / 11.10.2024
Tesla taqdimotida Mask o‘zi yuradigan mikroavtobus hamda Optimus robotlarining yangi avlodini ko‘rsatdi
22:34 / 10.10.2024